Navoiy viloyati Zarafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi
Navoiy viloyati Zarafshon shahar sport maktabida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida badiiy gimnastika bo‘yicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ushbu bellashuvda Zarafshon shahar, Tomdi hamda Uchquduq tumanidan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
Taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda, haqiqiy bayramona muhitda bo‘lib o‘tdi. Oltin, kumush va bronza medallar, faxriy diplomlar sportchilarga tantanali tarzda topshirildi.