Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov sportchi yigit-qizlar, xususan aralash jang sanʼati boʻyicha nufuzli musobaqalar gʻolibi boʻlgan yoshlar bilan uchrashdi.
Taʼkidlash joizki, nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda millionlab muxlislariga ega boʻlgan aralash jang sanʼati olamidagi eng yuqori divizion hisoblangan UFC (YUFS)da ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz soni tobora koʻpayib bormoqda.
Viloyat hokimi yoshlar bilan samimiy muloqot qilar ekan, joriy yilning 8-10-sentyabr kunlari Toshkent shahrida aralash jang sanʼati boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston kubogida viloyatimiz terma jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelganini yuksak mamnuniyat bilan eʼtirof etdi.
Uchrashuv doirasida mazkur nufuzli musobaqada faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan bir guruh yoshlar va ularning murabbiylari viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.