Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligi, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sport sinovlarini o‘tkazish belgilangan edi.
Bugungi kunga qadar, Respublika bo’yicha 35 ming nafardan ortiq, xususan, Navoiy viloyat, shahar (tuman) hokimliklari, idora va tashkilot xodimlarining 1716 nafari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini ixtiyoriy talablari bo‘yicha topshirdi.
Bugun ushbu sport sinovlarida viloyatimiz bo’yicha yuqori natija qayd etib, faol ishtirok etgan 10 nafar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sovg’a bilan taqdirlandi.