Baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasidan yana bir medal. 500 metrga kechgan dasturda Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova kvarteti marra chizigʻini uchinchi boʻlib kesib oʻtdi.
Ma’lumot o’rnida, Baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Shahrizoda Mavlonova Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2008-yilda tug’ilgan, 2020-yildan buyon Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘limida o‘qib, shug‘ullanib kelmoqda. 2022-yilda Toshkent viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati sohibasi. Joriy yil 25-30-aprel kunlari Samarqand shahrida bo’lib o’tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Osiyo chempionati musobaqasida 1000 m masofada 1-o’rin, 500 m (miks) juftlik bahslarida 1-o’rin, 200 m masofada yakkalik bahslarida 2-o’rin, 500 m yakkalik bahslarida 1-o’rinlarni egallab, 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
?Shahrizoda Mavlonovani bugungi g'alaba bilan muborakbod etamiz!